Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-27
Beruniy MFY hududidagi “Adonis trading textile” MChJ tashkil topganiga olti yil boʼldi. Korxonada dastlab notoʼqima mahsulotlari ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan edi. Mahsulot asosan Rossiya, Tojikiston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston kabi davlatlarga eksport qilinadi. Korxona yiliga 2 million pogonometr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Joriy yilda qoʼshimcha rezinka mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ham ishga tushirildi. Toʼquv jihozlari Xitoydan keltirilgan boʼlib, mahsulot ichki bozorga yetkazib beriladi. Kuniga 30 ming metr mahsulot tayyorlanmoqda. Bu yerda 8 ta yangi ish oʼrin yaratilgan.
Аyni vaqtda korxonada sunʼiy tolali sintetik ip ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning uchun alohida sex binosi qurildi. Qoʼshimcha yana 10 ta ishchi oʼrni yaratilishi koʼzda tutilgan. Shunda doimiy ish oʼrinlari soni yetmishtaga boradi.
Viloyat hokimi har ikki korxonada tadbirkorlar rejalari bilan tanishib, ishlovchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni ham oʼrgandi.