Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-17
Jumladan, Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Zafar Shavkatovich tomonidan o‘ziga biriktirilgan Namangan tuman Kurmak va Xonabod mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Ushbu yoshlar uchrashuvida ishsiz yoshlar xonadonlariga borilib, muammo va takliflari o‘rganilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish orqali bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish choralari ko‘rib chiqilmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari bilan birgalikda ularning takliflari va qiziqishlari tinglanib, ijobiy xal etish uchun ijroga qaratildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy xal etilib, muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing