Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-05



Dastlab yigʼilish ishtirokchilariga quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi:
• Oʼzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonuni;
• “Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida”gi Qonun;
• “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Qonun;
• Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF–5729-son Farmoni;
• Prezidentning 2021 yil 6 iyuldagi PQ–5177-son qarori.
Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Qonunning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatida boʼlish bilan bogʼliq cheklovlar belgilangani, xususan davlat xizmatchisiga tadbirkorlik subʼektini tashkil etish, muassisi yoki ishtirokchisi boʼlish, shuningdek, tadbirkorlik subʼektida tashkiliy-boshqaruv yoki maʼmuriy-xoʼjalik vazifalarini bajarishga ruxsat etilmasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar mustasno ekanligi qayd etildi.
“Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq, davlat organi yoki tashkilot xodimi oʼzining ish faoliyati nazoratida boʼlgan tadbirkorlik subʼekti aktsiyalari yoki ustav fondidagi ulushlariga egalik qilishi, shuningdek mazkur subʼektlarning boshqaruv organi aʼzosi boʼlishi mumkin emasligi, bunday holat mavjud boʼlsa, xodim bir oy muddatda aktsiya va ulushlarni realizatsiya qilishi yoki boshqaruv organidan chiqishi shartligi alohida taʼkidlandi.
Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasida korruptsiyaga oid jinoyatlar sodir etib sud tomonidan aybdor deb topilgan, shuningdek ogʼir va oʼta ogʼir jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi yoki xizmatni davom ettirishi mumkin emasligi haqida tushuntirish berildi.
Yigʼilish tanqidiy-tahliliy ruxda tashkil etilib, har bir noqonuniy xatti-harakatlarni hech qanday izoh bilan oqlab boʼlmasligi taʼkidlandi va qonunda belgilangan jazo turlari kelitirib oʼtildi.
Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi.