Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-17
Davlatobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tuman bo‘limlari hamkorligida ijtimoiy reyestrda turgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlar, mehnat migrantlari, shuningdek ish joyiga ega bo‘lmagan aliment to‘lovchilar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada 20 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etib, ular tomonidan 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.
Kambag‘al oila a’zolariga Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan ssuda shaklida asbob-uskunalar yetkazib berilishi ta’minlandi.
Shu kuni Kasbiy ko‘nikmalar markazida tashkil etilayotgan nemis tili o‘quv kursi uchun 10 nafardan ortiq fuqaroga vaucherlar taqdim etildi.
30 nafardan ortiq fuqaroga ishlab chiqarish korxonalari va kichik sexlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
55 nafar fuqaroga kasbiy-huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi.