Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

15 ga yaqin fuqarolar bandligi ta'minlandi

error

2022-07-10

Joriy yilning 10 iyul kuni Namangan shahrida joylashgan “Gold Invest Silver” zargarlik korxonasi qoshida shahrimizdagi “GOLD CENTER” deb nomlangan eng yirik tilla buyumlari savdo markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.




“Gold Invest Silver” zargarlik korxonsi 2019 yilda tashkil topgan boʻlib, hozirda korxonada 8 nafar malakali ishchi faoliyat yuritmokda. 




Yangi tashkil etilgan savdo doʻkonida esa 12 nafar yangi ish oʻrni yaratildi. Savdo markazi 10 dan ortiq yirik zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi Turkiya, Italiya, MDH davlatlari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan.




Tantanali ochilish marosimda Respublika “Oʻzbekzargarsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Umid Ahmedov va shahar hokimi Gʻofurjon Djamalov ishtirok etdi.