Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#RASMAN Oʻzbekistonda 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi

error

2023-10-12

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini toʻliq ishga solish, "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

 (https://president.uz/uz/lists/view/6746)Yigʻilishda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar koʻrib chiqildi.

 

Yurtimizda bu harakat boshlanganiga 2 yil boʻldi. Shu davrda 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. 

 

Endi 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha "kuzgi daraxt ekish mavsumi" eʼlon qilinadi. Bu mavsumda 85 million tup koʻchat ekilishi moʻljallangan.

 

Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, Oʻrmonchilik institutlari, oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari ham shtabga aʼzo boʻladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi koʻchat turini qancha ekishni belgilab beradi.