Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va amaliy koʻmak berishda yangi tizim yaratilmoqda.

error

2024-01-15


#Bugun 

 

Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va amaliy koʻmak berishda yangi tizim yaratilmoqda. 

 

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari hamda Oʻzbekiston mahallalari Uyushmasi tashkil etilmoqda. 

 

Shu yil 12-yanvar kuni Namangan viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Namangan viloyati kengashi tashkiliy yigʻilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash jarayonlari boʻlib oʻtdi. 

 

Ularda viloyatdagi mavjud 788 ta mahalla fuqarolar yigʻini raislari orasidan Namangan viloyati kengashi tashkiliy yigʻilishida ishtirok etish uchun 118 nafar delegatlar saylandi.

 

Ushbu vakillar 15-yanvar kuni Namangan shahridagi “Maʼrifat markazi”da boʻlib oʻtgan Namangan viloyati kengashi tashkiliy yigʻilishida ishtirok etdilar.

 

Yigʻilishni Namangan viloyati hokimi, viloyat kengashi raisi Shavkatjon Abdurazzoqov boshqardi. 

 

Unda kun tartibidagi masalalar yuzasidan maʼruzalar tinglandi. Muzokaralarda mahalla tizimiga koʻrsatilayotgan eʼtiborga yarasha ish tashkil etish lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

 

Yakunda mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika kengashining tashkiliy yigʻilishida viloyat nomidan qatnashadigan 10 nafar vakil delegat saylandi. 

 

Taʼkidlash joiz, respublika Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududiy kengashlarga esa tegishli tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar hokimlari jamoatchilik asosida raislik qiladilar. 

 

Shu bilan birgalikda,  yangi va alohida tuzilma – Oʻzbekiston mahallalari Uyushmasi hamda uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanadi.

 

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.