Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-19
“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
Kosonsoy tumani 1 hamda 3 sektorlar hududida Kosonsoy tuman hokimligi, tuman IIB va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar hamda yoshlar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Mazkur yarmarkada tumandagi korxona tashkilotlar, o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 195 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Mehnat yarmarkasida qatnashgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolardan 21 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
Bundan tashqari Mehnat yarmarkasida qatnashgan fuqarolardan 7 –nafarini jamoat ishlariga, 21 nafarini kasb – xunarga o‘qitishga yo‘naltirildi. Boshqa qatnashuvchi fuqarolarga xuquqiy, migratsiya va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun maslahatlar berildi