Yangiliklar
Yangiliklar
2024-02-01
26 ta yoʻnalishda kasbga oʻqitish koʻzda tutilgan boʻlib, hozirgi kunda 16 ta yoʻnalishda kasbga oʻqitilmoqda.
Namangan kasb-xunarga oʻqitish markazida 2023-yilning 4 oyi davomida 123 nafar tinglovchi kasbga oʻqitilib, sohalari boʻyicha sertifikat oldilar. Shundan 90 nafari oʻzini-oʻzi band qilgan holda rasmiy band boʻlgan. Hozirgi kunda 139 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolar oʻz yoʻnalishlarida tahsil olmoqda.
Ayni kunda nafaqat kasb-xunarga oʻqitish va tayyorlash balki, xorij mamlakatlariga ishga chiqmoqchi boʻlgan fuqarolarni xorijiy tillarga oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan ingliz, nemis, koreys tillarini oʻrgatish uchun ham kurslar tashkil etilgan.
Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining "Sinergiya" korparatsiyasi vakillari ushbu kasb-xunarga oʻqitish markazida boʻlib, yoʻnalishlar va tashkil etilgan oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Oʻzaro muloqotda kelgusida amalga oshiriladigan rejalar xususida kelishib olindi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi