Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahridagi “Monomarkaz”da aynan chet tillarini oʻrgatish boʻyicha tashkil etilgan oʻquv kurslari faoliyati bilan tanishdi.

error

2024-02-02

Shu yerda viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan xorijiy tillarga oʻqitish imkoniyatlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

 

Bugungi kunda viloyatdagi monomarkazlarda nafaqat kasb-hunarga oʻrgatish, balki xorijda ishlash istagida boʻlgan ishsiz aholi qatlami va yoshlarni chet tillariga oʻqitish ham yoʻlga qoʻyilgan.

 

Oʻtgan 2023-yilda 856 nafar fuqarolar shunday imkoniyatdan foydalanishdi. Ularning koʻpchiligi bugun chet davlatlarga chiqib, daromad topishmoqda.

 

Joriy yilda ushbu koʻrsatkichni 4068 nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

Taʼkidlash joiz, yil oxiriga qadar 8000 nafar yurtdoshlarimizni Shvetsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya hamda Yevropaning boshqa davlatlariga ishlash uchun yuborilishi rejalashtirilgan.

 

Viloyat hokimi monomarkazda tillarni oʻqitilish jarayoni bilan tanishar ekan, oʻqituvchilar va oʻquvchilarning bilim darajasiga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligiga toʻxtaldi. Viloyatdagi mavjud oliy oʻquv yurtlari rektorlarining mazkur yoʻnalish boʻyicha hisobotlarini eshitdi.

 

Viloyat rahbari oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib, til oʻrganayotganlar bilan muloqot qildi. Ularning kelgusi rejalari, talab va takliflari bilan tanishdi.