Yangiliklar
Yangiliklar
2024-02-22
"Ishga marxamat" monomarkazida oʻtkazilgan taqdimotda viloyat xokimi viloyatdagi mavjud oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga ham xorijda ishlash niyatida boʻlgan fuqarolarni tillarga oʻqitish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqib, imkoniyatlardan samarali foydalanib til kurslarini tashkil etish boʻyicha topshiriq bergan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash va mustaxkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida bugun boshqarma boshligʻi Z. Ikramov viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari prorektorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbatda boshqarma boshligʻi bugungi kunda barcha oliygohlarda tashkil etilayotgan til kursalarini muvofiqlashtirish va chora-tadbirlarni amalga oshirishda amaldagi qonunchilik xujjatlariga tayangan xolda, til kurslarini yanada rivojlantirish, xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni eng avvalo til bilash saloxiyatlarini rivojlantirishga urgʻu qaratdi. Qolaversa,boshqarma va oliygohlar hamkorligi mehnat bozorida aholini munosib ish oʻrniga ega boʻlishiga xissa qoʻshishi, qonuniy yoʻllar bilan xorijda xavfsiz ishlashlari uchun ham muhimligini taʼkidladi.