Yangiliklar
Yangiliklar
2024-02-23
Oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta korxona, tashkilot va muassasalar 2125 ga boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok eshitishdi.
Yarmarkada hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar, fuqarolarni jalb qilgan xolda bandligini taʼminlash maqsadida yarmarka faoliyati bilan tanishtirildi.
Yarmarka davomida 87 nafar ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarga ishga kirishlari uchun yoʻllanmalar berildi, shuningdek 45 nafar fuqaroga kasbga oʻqitish uchun “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga oʻqitish markazlariga, yoʻllanmalar berildi.
Yarmarkada ishtirok etgan 165 nafar fuqarolarga mehnat qonunchilikdagi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar olish toʻgʻrisida maslahatlar berildi